#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi
SHAFTOLIZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI
📂 Mahalliy Kengash deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savoli ijrosi doirasida tuzilgan komissiya tomonidan Shaftolizor mahallasida jamoat xavfsizligini ta'minlash hamda videokuzatuv tizimlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
⚠️ O‘rganish davomida Shoir 2-tor ko‘chasida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining bir qismi yaroqsiz holga kelgani aniqlandi. Mazkur holat mahalla xavfsizligini ta'minlashga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani qayd etilib, mas'ul tashkilotlar e'tiboriga qat'iy tarzda yetkazildi.
📝 Komissiya tomonidan nosoz kameralarni qisqa muddatda ta'mirlash yoki yangisiga almashtirish, videokuzatuv tizimining uzluksiz ishlashini ta'minlash hamda jamoat xavfsizligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
📈 Mazkur masala to‘liq bartaraf etilgunga qadar deputatlik nazoratida saqlanishi belgilandi.