35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
янв.21
Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
#deputat_soʻrovi
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi — amalda
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik — bandlik va daromad manbai
янв.21
Deputatlik nazorati nima? 🤔 Ko‘pchilikda “deputatlik nazorati” degan tushuncha eshitiladi, lekin u aniq nima ekani har doim ham to‘liq tushunarli bo‘lmasligi mumkin.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida olib borilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandi. 🚧 O‘rganish jarayonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan texnologik talablarga rioya qilinishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. 🔍 Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi. 📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib boriladi.
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi okrugi deputati, Adolat SDP a’zosi Elmurod Amirov “Humoyun” mahallasidagi
120-umumta’lim maktabida bo‘lib, yozgi ta’til davrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida sinf xonalari, o‘quv binolari, muhandislik kommunikatsiyalari, obodonlashtirish ishlari va ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yozgi ta’til davrida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati ko‘rib chiqildi.

Maktab rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish va maktab faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4