Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi tarkibidagi xotin-qizlar faolining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning bandligini oshirish, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar faoli bilan suhbat o‘tkazilib, mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda manzilli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.
Tashrif yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yana-da oshirish, oilalar farovonligini ta’minlash, ayollarning jamiyatdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.