35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Nomozov tomonidan yoshlarning bilim olishi, ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida tumandagi badiiy kitoblar savdosi bilan shug‘ullanuvchi nuqtalarda kitoblarning narx-navolari va mavjud assortimenti o‘rganildi.
O‘rganish davomida yoshlar uchun talab yuqori bo‘lgan badiiy adabiyotlarning mavjudligi, ularning narxlari hamda kitoblarga yetarli darajada imkoniyat yaratilganligi yuzasidan tahlillar amalga oshirildi.
Mazkur o‘rganishlar aholi, ayniqsa yoshlarning sifatli va mazmunli adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish, kitobxonlikni ommalashtirish hamda ularning bilim va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2