35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturining “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida Sardoba tumanida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi. Tadbir davomida oilalarning yashash sharoiti o‘rganilib, ularga ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Aksiyada tuman Kengashi deputati N.Hamidova hamda partiya faollari ishtirok etib, fuqarolar bilan samimiy muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday xayrli tadbirlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, inson qadrini ulug‘lash hamda jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1