Fayzobod mahallasida aholi manfaati yo‘lida muhim tashabbus to'g'risida.
Fayzobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini barqaror, xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida eskirgan elektr simyog‘ochlarini yangilash ishlari boshlandi. Ushbu ishlar doirasida mahallaga yangi beton elektr tayanchlari (oporalar) olib kelinib, ularni o‘rnatishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.Mazkur tashabbus mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.Ushbu tashabbusni amalga oshirishda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Zikiryayev , tuman Kengashi deputatlarining tashabbuskorligi,doimiy nazorati va amaliy ko‘magi alohida ahamiyat kasb etdi.Deputatlar tomonidan aholi murojaatlari o‘rganilib,muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borildi.