Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich o‘zi saylangan okrug hududidagi “Bo‘rsiliq” mahalla fuqarolar yig‘inining “Samarobod” hamda “Sharshara” ko‘chalari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda mahalla raisi K. Qo‘chqorova ham ishtirok etdi.Muloqot davomida mahalladagi, xususan, “Samarobod” va “Sharshara” ko‘chalarida mavjud bo‘lgan hamda yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik — mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududni obodonlashtirish, ko‘chalar va ichki yo‘llarni
tartibga keltirish, aholi uchun qulay va munosib sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.Fuqarolar tomonidan “Samarobod” ko‘chasining ichki yo‘llarini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilib, mazkur muammoni hal etishda amaliy yordam so‘rab deputatga murojaat qilindi.Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.Mazkur masalani ijobiy hal etish,shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida hududni obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.