Yarmarka davomida ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etib, ishtirokchilarga mehnat sharoitlari, talab etiladigan mutaxassisliklar va ishga qabul qilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishga xizmat qildi.
Bunday yarmarkalar aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shaimkulova Dilshoda Xolikovna
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman kengashi deputati hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi