35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
янв.21
Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
#deputat_soʻrovi
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi — amalda
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik — bandlik va daromad manbai
янв.21
Deputatlik nazorati nima? 🤔 Ko‘pchilikda “deputatlik nazorati” degan tushuncha eshitiladi, lekin u aniq nima ekani har doim ham to‘liq tushunarli bo‘lmasligi mumkin.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida olib borilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandi. 🚧 O‘rganish jarayonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan texnologik talablarga rioya qilinishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. 🔍 Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi. 📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib boriladi.
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovichning hisoboti sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.

#Kengash_sessiyalariga_oid

Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovichning hisoboti sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.

Hisobot davrida sanoat sohasida 492,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,2 foiz o‘sishga erishilgan.

Xizmatlar hajmi 1 025,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 117,2 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi 2 109,1 mlrd so‘m bo‘lib, 114,1 foiz, qurilish-pudrat ishlari hajmi esa 887,2 mlrd so‘m yoki 127,1 foiz o‘sishga erishilgan.

Ushbu natijalar asosida Payariq tumani sanoat o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Samarqand viloyatidagi tuman va shaharlar orasida yetakchi o‘rinni egalladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1