35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiyani yig‘ilishi

✅ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📋 Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan Zangiota tuman tibbiyot birlashmasining 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan faoliyati bo‘yicha hisoboti tinglandi.
🔹 Hisobotda tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligi, sohaga oid dolzarb masalalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi.
🔹 Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savol va takliflar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✅ Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.                                       

Slide 1 of 5