35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
янв.21
Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
#deputat_soʻrovi
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi — amalda
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik — bandlik va daromad manbai
янв.21
Deputatlik nazorati nima? 🤔 Ko‘pchilikda “deputatlik nazorati” degan tushuncha eshitiladi, lekin u aniq nima ekani har doim ham to‘liq tushunarli bo‘lmasligi mumkin.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida olib borilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandi. 🚧 O‘rganish jarayonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan texnologik talablarga rioya qilinishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. 🔍 Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi. 📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib boriladi.
QAROR IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

 QAROR IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 72-son qarori ijrosi yuzasidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomiga mas’ul xodimlarning malakasini oshirish tizimi o‘rganilmoqda.

Deputatlik nazorati davomida ijro intizomiga mas’ul xodimlarning malaka oshirish kurslarida ishtiroki, Ijro.gov.uz tizimidan samarali foydalanilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, mas’ul xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijro intizomini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli savollar berilib, taklif va tavsiya bildirildi.