#O‘rganish
🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 9-saylov okrugidan saylangan deputati Aleksandr Shapovalov tumandagi "Bog‘zor" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔰O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari xonadonlarga tashrif buyurgan holda o‘rganildi.
🔰Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
🔰 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.