Sherobod tumanida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari davom etmoqda
Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida hududlarni obodonlashtirish hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Abduraim Choriyev Sherobod tumanida bo'ldi.
Tashrif davomida xalqaro ahamiyatga ega M-39 avtomobil yo‘li yoqasida barpo etilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektining borishi ko‘zdan kechirildi. Mazkur drayver loyiha uchun Respublika budjetidan 3 milliard 42 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, "Uchyo‘g‘och", "Poshxurt" va "Vandob" mahallalarida obodonlashtirish ishlari, hududlarni yanada ko‘rkam va qulay maskanga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Mas’ullarga ishlar sifatini oshirish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.