35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish ishlari va mablag‘lardan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla muammolarini o‘rganish davomida bugungi kunning navbatdagi va yakuniy manzili — Paxtachi ko‘chasi bo‘ldi.
янв.21
Bexsiyiq ko‘chasida aholi takliflari o‘rganildi
янв.21
“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla hududidagi muammolar va aholi takliflarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
Muammolar — mahalla kesimida o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Uchrashuvlar davom etmoqda: takliflar qayd etilmoqda
янв.21
💡 Muammo aytildi — taklif qayd etildi
янв.21
📍 Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar” masalasi yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov, shuningdek, mahalla profilaktika inspektori I.Azimov ishtirok etib, hududdagi kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha tahlil qildilar.

O‘rganish davomida mahallada jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida 230 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani, shundan 11 tasiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani hamda 11 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi.

Muhokama davomida mahalla hududida jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, videokuzatuv tizimlarini kengaytirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3