Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi Tez tibbiy yordam markazining bolalar reanimatsiya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida bo‘limda bemor bolalarga yaratilgan sharoitlar, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi, dori-darmon zaxiralari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, reanimatsiya bo‘limida davolanayotgan bemorlarning xavfsizligi, zarur tibbiy muolajalarni o‘z vaqtida ko‘rsatish, ota-onalar uchun yaratilgan qulayliklar hamda bo‘limning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida mavjud holatlar tahlil qilinib, bolalarga ko‘rsatilayotgan shoshilinch va reanimatsion tibbiy yordam sifatini yanada oshirish, tibbiy xizmatlar samaradorligini kuchaytirish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oylik hisobotini ko‘rib chiqish jarayonida inobatga olinadi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi