Vatanparvar MFYdagi bo‘sh yer maydonlari tartibga keltirilmoqda
#tavsiyalar #qonun_162
Vatanparvar MFYdagi bo‘sh yer maydonlari tartibga keltirilmoqda
Hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Kogon shahrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov Vatanparvar mahalla fuqarolar yig‘inida foydalanilmayotgan bo‘sh yer maydonlarini obodonlashtirish jarayonlarida faol qatnashmoqda.
Jarayon davomida hududlarni tozalash, tartibga keltirish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Bu kabi amaliy chora-tadbirlar mahallaning qiyofasini yaxshilash, sanitariya holatini mustahkamlash hamda aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati