35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muloqotdan — amaliy yordam sari
янв.21
#Газета нашрларида
янв.21
Deputat so‘rovi amaliy natija berdi
янв.21
Qurilish ishlari va mablag‘lardan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla muammolarini o‘rganish davomida bugungi kunning navbatdagi va yakuniy manzili — Paxtachi ko‘chasi bo‘ldi.
янв.21
Bexsiyiq ko‘chasida aholi takliflari o‘rganildi
янв.21
“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla hududidagi muammolar va aholi takliflarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
Muammolar — mahalla kesimida o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi deputati Isxakov Doniyor Maxmudovich hududda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Isxakov Doniyor Maxmudovich o‘z saylov okrugida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi, ularga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar bilan ishlash mexanizmlarining samaradorligi, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash mezonlari hamda ijtimoiy himoya choralarining amaldagi ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4