35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish ishlari va mablag‘lardan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla muammolarini o‘rganish davomida bugungi kunning navbatdagi va yakuniy manzili — Paxtachi ko‘chasi bo‘ldi.
янв.21
Bexsiyiq ko‘chasida aholi takliflari o‘rganildi
янв.21
“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla hududidagi muammolar va aholi takliflarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
Muammolar — mahalla kesimida o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Uchrashuvlar davom etmoqda: takliflar qayd etilmoqda
янв.21
📍 Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
💡 Muammo aytildi — taklif qayd etildi
Gumbaz mahallasi faoliyati o‘rganildi

Gumbaz mahallasi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Gumbaz mahallasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, fuqarolar bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muammolarni hal etish holati, obodonlashtirish va sanitariya ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda mahalla "yettiligi" faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud kamchilik va muammolar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta'kidlandi. Kelgusida tavsiyalar ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilishi va aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar mahallalardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini ta'minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3