35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish ishlari va mablag‘lardan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla muammolarini o‘rganish davomida bugungi kunning navbatdagi va yakuniy manzili — Paxtachi ko‘chasi bo‘ldi.
янв.21
Bexsiyiq ko‘chasida aholi takliflari o‘rganildi
янв.21
“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla hududidagi muammolar va aholi takliflarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
Muammolar — mahalla kesimida o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Uchrashuvlar davom etmoqda: takliflar qayd etilmoqda
янв.21
💡 Muammo aytildi — taklif qayd etildi
янв.21
📍 Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda
#jarayon
#Jarayon:

O‘rta Chirchiqdagi maktab sport zali va to‘garaklar faoliyati deputatlar e’tiborida

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Sarmanov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdug'apparova, Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar boshchiligida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Sport infratuzilmasi va inventarlar holati ko‘zdan kechirildi:
Ishchi guruh tomonidan O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan 51-sonli umumta’lim maktabining sport zali va undagi sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

Sport zalining texnik holati: Binoning isitish tizimi, yoritilishi va pol qoplamalarining xavfsizlik talablariga javob berishi;

Sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi: O‘quvchilarning turli sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun zarur bo‘lgan jihozlar (to‘plar, gimnastika skameykalari, matlar va boshqalar)ning mavjudligi va sifati;

Sanitariya-gigiyena talablari: Kiyinish va yuvinish xonalarining bugungi kun talablariga mosligi.

O‘rganish davomida deputatlar va kotibiyat xodimlari tomonidan maktabda faoliyat yuritayotgan sport to‘garaklarining ish rejalari va o‘quvchilarning qamrovi tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Slide 1 of 4