Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
Yozgi ta’til davrida mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida tumanda “Dolzarb-90 kun” doirasida turlixil to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi raisi Sh.Normuhammedov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Eshpo‘latov birgalikda okruglardagi sport to‘garaklarining faoliyatini o‘rganishdi.
➡️O‘rganish davomida mas’ullar:
➡️To‘garaklarda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar;
➡️Sport jihozlarining yetarliligi va sifati;
Mashg‘ulotlarning muntazam va sifatli o‘tilish jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.
Asosiy maqsad: Yoshlarning ta’til davrida sport bilan faol shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarziga odatlanishi va bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun tizimli sharoit yaratishdan iborat.
Bu boradagi tizimli o‘rganishlar tumanning barcha hududlarida davom etmoqda.