Sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan masalalar yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bobur Xamrayev 8-Baxshitepa saylov okrugi deputati Fotex Raxmatovlar tomonidan Navbahor mahallasida joylashgan "Ispandi" oilaviy shifokorlik punkti binosida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son qarori asosida 2 milliard so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilmoqda.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |