Yangiliklar

Deputat tomonidan poliklinika faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 12-Navzandak saylov okrugidan saylangan deputati Sanayeva Dilfuza Amrilloyevna hududdagi oilaviy poliklinikaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida poliklinikadagi ish jarayonlari, xodimlarning fuqarolar bilan muomalasi hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi. Shuningdek, dori-darmonlar ombori ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Deputat tomonidan, eng avvalo, fuqarolarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlar bilan xushmuomala hamda mas’uliyatli munosabatda bo‘lish har bir tibbiyot xodimining ustuvor vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 4