🛣 #Mahalla ichki yo‘llari holati deputat nazoratida.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev hamda shahar Kengashi deputati A.Tursunbayev va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Nurafshon shahar partiya tashkiloti raisi E.Ernazarov ishtirokida mahallalardagi ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
🔹Ta’mirga muhtoj va tuproq yo‘llarning holati;
🔹Yo‘llarni asfaltlash yoki shag‘allashtirish bo‘yicha aholidan tushgan murojaatlar ijrosi;
🔹Yomg‘ir va qorli kunlarda aholi harakatlanishi uchun yuzaga keladigan qiyinchiliklar.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.
📌Mas'ul: Kotibiyati mudiri, bosh mutaxaslar va deputatlar.