Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Bepul_dori-darmon

💊 #Bepul_dori-darmon ta’minoti deputat nazoratida

Nurafshon shahrida aholiga davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori-darmonlarning yetkazib berilish holati o‘rganildi. Mazkur nazorat tadbiri Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati A.Tursunbayev tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
✅ Imtiyozli toifadagi shaxslarga dori vositalarining o‘z vaqtida berilishi;
✅ Tibbiyot muassasalarida zarur dori zaxiralarining mavjudligi;
✅ Shifokorlar tomonidan bepul dori vositalari uchun retseptlar yozib berish shaffofligi.

Deputat bevosita poliklinikalarda bo‘lib, dori olish uchun kelgan fuqarolar bilan suhbatlashdi va ta’minotdagi uzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berdi.

📌Mas'ul: Kotibiyati mudiri, bosh mutaxaslar va deputatlar.

Slide 1 of 2