📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 14-Kuchlik saylov okrugi deputati N.Nasrullayev nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Bahovadinov tomonidan "Kuchlik" mahalla hududidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi.
🛣O‘rganish davomida ayrim ko‘chalarda aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida hududdagi ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi. Hozirda maxsus texnikalar jalb etilgan holda yo‘llarni ta’mirlash va asfalt yotqizish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
📖Deputat tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishilib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube