Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.

Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolnuratova, tuman hokimi maslahatchisi O.Norimova hamda ishchi guruh a’zolari hamkorligida tuman statistika bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida:

— tashkilotda ish yuritish tili;

— peshlavha va tashqi yozuvlarning davlat tiliga muvofiqligi;

— fuqarolar bilan muloqot madaniyati;

— xodimlarning davlat tilini bilish darajasi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Davlat tiliga hurmat — har bir tashkilot va har bir xodimning mas’uliyatidir.

Slide 1 of 6