Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 36-sessiyasi o'tkazildi
Sessiya ishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korhona va tashkilot rahbarlari, tuman hokimining OAV vakillari ishtirok etdi.
🗓 Sessiya kun tartibida 4 ta masala ko'rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.
1️⃣ Oqqo‘rg‘on tuman mahalliy byudjetning 2026-yil 1-charak yakuni bilan ijrosini tasdiqlash to‘g‘risida;
2️⃣ “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risida;
3️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalarini yo‘naltirish to‘g‘risida;
4⃣ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida” gi 156-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
Sessiya kotibi etib 20-“Eltamg‘ali” saylov okrugidan saylangan deputati Chintashev Xamza Alaydarovich saylandi.
https://www.facebook.com/share/v/14NA6WYpkvU/
https://www.facebook.com/share/v/1JBNEyPHG5/