Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

G‘allaorol tuman Naxroch mahallasida istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroning xonadoniga tashrif buyurdi

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov, viloyat Kengashi deputati F. Nig‘matova hamda tuman Kengashi deputatlari Sh. Safarova va Sh. Noraliyev Naxroch mahallasida istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroning xonadonida bo‘ldilar. Tashrif davomida tuman Kengashi qarori bilan xonadon ta’miri uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi jarayoni hamda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mutasaddilar tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3