Mahallalarda obodonchilik ishlari deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Farxod Anorboyev tumandagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ichki yo‘llarning 2 km qismini asfaltlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur nazorat tadbirida deputat quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:
👷♂️Asfalt yotqizish ishlarining texnik talablarga mos kelishi, Deputat tomonidan mas’ul pudratchi tashkilot vakillariga yo‘l qurilishi ishlarini sifatli bajarish va qisqa muddatlarda aholi ixtiyoriga topshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Hududlarda ichki yo‘llarni yaxshilash va aholiga qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom etmoqda.