Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Yoshlar_maslahat_guruhi

#Yoshlar_maslahat_guruhi
#Deputatlar_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov, deputat M. Kazakova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayevalar tomonidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida aholiga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, dori-darmon ta’minoti hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 3