Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda yordamga muhtoj shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

 Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish hamda manzilli yordam ko‘rsatishda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1