❄️❄️❄️ Deputat saylov okrugidagi xotin-qizlar tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari bilan tanishdi
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati o‘z saylov okrugida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari bilan tanishdi. Tashrif davomida deputat tadbirkor ayollar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.
✅ Suhbat jarayonida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulotlar turini kengaytirish va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
✅ Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar olish, zarur infratuzilma masalalarini hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✅ Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan choralar ko‘rishga kelishib olindi.