Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla tizimi — islohotlar ko‘zgusi: “Shodlik” mahallasida o‘rganishlar olib borildi

Mazkur o‘rganish Kengash kotibiyati xodimi R.Mamashukurov ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni talablari hamda mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬Tahlil jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🔅“Mahalla yettiligi” tizimining o‘zaro muvofiqlashgan holda ishlashi;

🔅 Aholi murojaatlari bilan ishlash va ijtimoiy muammolarni joyida hal etish samaradorligi;

🔅 Farmon bilan mahalla raisiga berilgan yangi vakolatlarning amaldagi ijrosi;

Hududdagi, ayniqsa «qizil» va «sariq» hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati;

🔅Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash;

🔅Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, “Ayollar daftari” bilan ishlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda oilalarni mustahkamlash choralari;

🔅Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi;

🔅 Deputat va Kengash kotibiyati hamkorligidagi ish grafigining ta’minlanishi.

🫥 Tadbir yakunida mahalla faollari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi va aniqlangan masalalar nazoratga olindi.

Slide 1 of 5