Yangiliklar

XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Arabxona saylov okrugida joylashgan Zarmetan mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

 Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4