Yangiliklar

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati T. Berdiyev o‘z saylov okrugidagi "Nurli kelajak" mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni ijrosi alohida e’tiborga olindi.

Xususan:

🔅 “Mahalla vakillari” faoliyatini muvofiqlashtirish

🔅 Ularning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish

🔅Aholi muammolarini hal etishdagi samaradorlik bo‘yicha tahliliy ishlar olib borildi.

🔅Shundan so‘ng deputat mahalladagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rib chiqdi.

🫥 Asosiy maqsad — aholining turmush sharoitini yaxshilash, muammolarni joyida hal etish va mahalla tizimi samaradorligini oshirish.

Slide 1 of 6