O‘rta obron mahallasi "Azim bobo" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishustaxonasi hamda erkaklar sartaroshxonasi faoliyati tashkil etilgan. Bu yerda 7 nafar yoshlar ish bilan band.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i K.Ashurov Prezidentimizning yoshlarga berilayotgan imtiyozlaridan foydalanib kelgusida tadbirkorlikni kengaytirib, yana 15 nafar yoshlarni ish bilan taminlashni maqsad qilganligini bayon etdi.
Tarmoqlarni kengaytirish borasida Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va imtiyozlar hamda ekin turlarini ko‘paytirish to‘g‘risida maslahatlashildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-sonli qarori mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.