Mahalla binosida boʻlib oʻtgan uchrashuvda, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, “Istiqlol” MFY “mahalla yettiligi” hamda korxona va tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Muloqotda fuqarolar tomonidan hududdagi ichki koʻchalarni asfaltlashtirish, taʼmirtalab sim yogʻochlarni almashtirish, gaz va uy-joy kadastri boʻyicha muammolar va murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʻyicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʻrilishi boʻyicha topshiriqlar berilib, fuqarolarga esa huquqiy tushunchalar berildi.