🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi deputati B. Sobirova o‘z saylov okrugidagi Tinchlik mahalla
fuqarolar yig‘ini “yettiligi” a’zolari va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔹 Uchrashuv davomida mahallada obodonlashtirish ishlari va
xatlov jarayonlari uyushqoqlik bilan olib borilayotgani alohida ta’kidlandi. Shu
bilan birga, mahalla aholisi tomonidan bir qator taklif va murojaatlar bildirildi.
🔹 Jumladan, mahalla binosini tashabbusli budjet loyihasiga
kiritish, Tinchlik mahallasidagi Davr ko‘chasini ta’mirlash hamda Yoshlarobod stadioni
hududidan aholi qatnovi uchun qulay yo‘l tashkil etish masalalari atroflicha o‘rganildi.
🔹 Mazkur masalalar yuzasidan
mutasaddi rahbarlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Muammoli masalalar muhokama
qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab
olindi.
Telegram
| Facebook | YouTube