Sifatli ta'lim — farovon kelajak garovidir!
📍 Nurafshon shahridagi maktablarda pedagogik mahorat soatlari qizg‘in davom etmoqda.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati L.Nam 1-sonli maktabda o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi.
Tadbirda asosiy e'tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ O‘qituvchilarning dars o‘tish samaradorligini tahlil qilish;
✅ Yangi avlod darsliklari bilan ishlash metodikasi;
✅ Bitiruvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagogning o‘rni.
"O‘qituvchi o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasagina, biz yoshlardan yuksak natijalarni kutishimiz mumkin", — deydi deputat L.Nam.