Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Mahalliy_Kengashlar_faoliyatini_takomillashtirilmoqda

“Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Mazkur Qonunda mahalliy Kengash raisi va hokimlar lavozimlari bir-biridan ajratilganligi sababli 9 ta kodeks va 69 ta qonun qayta ko‘rib chiqilib, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan vakolatlar mahalliy vakillik va ijro organlari o‘rtasida ixtisoslashtirish nazarda tutilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari kuchli kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim tamoyili asosida vakillik va ijro organlari o‘rtasida aniq taqsimlanib, mahalliy Kengash va hokimliklarning faoliyatiga xos bo‘lmagan va respublika ijro etuvchi organlar vakolatlariga oid takrorlanuvchi 8 ta vazifa bekor qilinayapti.

M.O'razbayev
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri

Slide 1 of 1