Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman hamda viloyat Kengashi deputatlari Jumavoy Rahmonqulov va Nigora Sultonovalar “Navbahor” mahallasida joylashgan 49- hamda 53-umumta’lim maktablarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida pudratchilar va mas’ul tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish jarayonining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan bildirilishicha, mazkur maktab binolari joriy yil mart oyida, Navro‘z bayrami arafasida to‘liq bitkazilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Deputatlar tomonidan ishlarni sifatli va belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7