Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati N.Choriyeva ham ishtirok etib, ro‘yxatga olish tadbirlariga faol hamkorlik qilmoqda.
Aholi xonadonlari va qishloq xo‘jaligi subyektlarida mavjud holat, yer maydonlari, chorva mollari soni hamda boshqa ko‘rsatkichlar belgilangan tartib asosida qayd etilayotgani ko‘zdan kechirildi. Fuqarolarga ro‘yxatga olishning maqsadi va ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur jarayonning ochiq-oshkora va shaffof o‘tishini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati