O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida Muzrabot tumanidagi Sopollitepa, Olmazor mahallalarida qator infratuzilma ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar:
Xususan Sopollitepa mahallasida;
- 1 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish
- Mahllada yangidan DMTT qurish va jihozlash
- 16 km asosiy va ichki yo‘llarni asfaltlash
- 27 km elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash
- 250 kVA quvvatga ega 4 dona transformator o‘rnatish
Olmazor mahallasida
- 1 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish
- Mahalladagi 24-sonli umumta'lim maktabining 192 o'rinli binoni mukammal ta'mirlash
- 14 km asosiy va ichki yo‘llarni asfaltlash
- 18 km elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash
- 250 kVA quvvatga ega 4 dona transformator o‘rnatish
Bugungi kunga qadar mahallada:
Hozirda mahallalarda ichki yo'llarni asfaltga tayyorlash, elektr tayanch ustunlar o'rnatish ishlari olib borilmoqda
Bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi tuman Kengashi deputatlari tomonidan doimiy ravishda o‘rganilib, nazorat qilinmoqda.