35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Fuqarolar murojaati manzilli tarzda o‘rganilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasigi kiritilishiga “Ishchi guruh” xulosasi tayyorlanmoqda

Fuqarolar murojaati manzilli tarzda o‘rganilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasigi kiritilishiga “Ishchi guruh” xulosasi tayyorlanmoqda

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga tumandagi ehtiyojmand fuqarolarni davolanishlari bo‘yicha qilgan murojaatlari tuman Kengashining “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganish maqsadida tumanning Mash’al, Gulpiyon, Mozortagi, Birdamlik, Navro‘z mahalla fuqarolari yig‘inlarida manzilli tarzda o‘rganish o‘tkazilib, murojaatchilarning yashash sharoitlari va haqiqatdan ham ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida turilishi o‘rganildi. O‘rganishlar davomida sektor kotiblari va mahalla faollariga har bir fuqaroga vijdonan yondashgan holda dalolatnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berilib, ehtiyojmandligi tasdiqlanmay, yashash sharoiti boshqalardan yaxshiroq bo‘lib, bandligi ta’minlangan fuqarolarga huquqiy xulosa berildi.

Gulpiyon MFY hududida istiqomat qiluvchi M.X.ning farzandi bolalikdan miya falaji kasallagi bilan kasallanganligi sababli tuman Kengashining 40-34-11-163-K/21-sonli qarori bilan 7.0 mln so‘m mablag‘ ajratilganligi sababli farzandini davolatishi uchun Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasida davolanishi bo‘yicha mas’ullar bilan kelishildi. Shu bilan birgalikda ushbu qizaloqni davolanishidan so‘ng sog‘lomlashtirish sihatgohida bepul salomatligini tiklashi uchun qo‘shimcha tarzda sektor rahbari tomonidan yo‘llanma bilan ta’minlanishi, hamda chegaradan o‘tishlari uchun horijga chiquvchi pasportni olinishida mahalla raisi to‘lovini xomiylik yordamida to‘lab berilishi bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 1