Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz

Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz

Farg‘ona viloyati hokimligining 2023 yil 22-iyul kunidagi № 336-01-50-sonli reja dasturiga asosan oilalarda ma’naviy ahloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, oilaviy ajrimlarni barvaqt oldini olish maqsadida “Oilaviy ajrimlarga qarshi kurash kuni” deb belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini amalga oshirish yuzasidan tuman hokimligi majlislar zalida viloyat “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlikda “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi, tuman deputati, tuman bosh imomi, otinoyilar, xotin-qizlar faollari, tuman “Oqila ayollari” ishtirok etib, tumanda yosh oilalar o‘rtasidagi ajrimlarni oldini olishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlashni afzal taraflari haqida ham to‘xtalib, oilalarni baxtli bo‘lishlarida oila a’zolarining barchalari birdek mas’ul ekanligini unutmasliklari va eng avvalo oilada sabr-toqat, shukronalik, minnatdorlik xukmronlik qilsa – ana shu oilada fayzu-baraka, baxt va omad hamroh bo‘lishi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Zero, Oila baxtli bo‘lsagina Yurt farovon bo‘lishi bejiz emas.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev

Slide 1 of 1