Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
Депутат ва сектор ҳамкорлиги аҳоли фаровонлигини яхшилашга хизмат қилмоқда
MIROBOD TUMANIDA “20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS”

 MIROBOD TUMANIDA “20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” 

Mirobod tumanida “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida joriy yilning 6- iyun kuni xalq deputatlari Mirobod tumani Kengash deputatlari va tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi biriktirilgan “Banokatiy” va “Yangi Zamon” mahallalaridagi ishsiz fuqarolar “NEXT GENERATION PRODUCT” MCHJga taklif qilinib, uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari X.A.Shakirov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i O.Yaminov, Mirobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.G.Salaydinov, xalq deputatlari Mirobod tumani Kengash deputatlari A.Karimov, A.Mamanazarov, T.Gribanova va B.Mansurovlar, Mirobod tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i
J.D.Oripov, “NEXT GENERATION PRODUCT” MCHJ rahbari S.S.Ashuralyevlar hamda tegishli masʼullar ishtirok etishdi.
 

Dastavval, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari X.A.Shakirov uchrashuvda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va yengiliklar haqida to‘xtalib, batafsil tushuntirish berdi va ishlash istagida kelgan fuqarolar bilan suhbatlashdi. 

Uchrashuv davomida korxona rahbari S.S.Ashuralev korxonadagi bo‘sh va kelgusida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari, ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ish soati, oylik maoshlari, shuningdek, yangi ishga kirgan xodimlarni korxonada tashkil etilgan amaliy monomarkazda kasbga o‘rgatib, ularga malakali mutaxassislar, masterlar biriktirishi to‘g‘risida batafsil tushuntirish berdi.  

Uchrashuv yakunida fuqarolarning taklifiga binoan korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.  

Slide 1 of 7