Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
VOBKENT TUMANIDAGI 17-MAKTABDA "SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ" TADBIRLARI KOʻTARINKI RUHDA TASHKIL ETILDI!

Joriy yilning 25-may kuni 17-maktabda soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri koʻtarinki ruhda boshlanib, dastavval muhtaram Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yoʻllagan bayram tabrigini Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati Muborak Naimova tomonidan oʻqib eshittirildi. 

Tadbirda Buxoro viloyati hokimligi Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Askar Baxronov ham ishtirok etdi. Katta hayot ostonasida turgan yoshlarga kelgusi oʻqish va ishlarida omad tilandi. Oʻquv yilini namunali xulq va aʼlo baholarga tugatgan oʻquvchilarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalari berildi. Tadbir davomida maktab oʻquvchilari tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. 

Bundan tashqari, shu kunning oʻzida 17-umumtaʼlim maktabini 1978-yilda tugatgan sobiq bitiruvchilar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv jarayonida qoʻllariga ilk qalam tutqazgan birinchi ustozlar eslandi, oʻzlari oʻqigan davr bilan bugungi kungi taʼlim jarayonlari tahlil qilindi. 

 Hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan taʼlim sohasida yaratib berilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini eʼtirof etishdi. Tadbir jarayonida sobiq bitiruvchilar oʻzi oʻqigan umumtaʼlim maktabiga oʻquv jihozlari sovgʻa qildilar.  

Slide 1 of 8