Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Ko‘mak — daromad manbai sari muhim qadam

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich kambag‘allik reyestrida ro‘yxatda turgan fuqaro T.A. xonadoniga tashrif buyurib, oilaning turmush sharoiti va daromad manbalarini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rgandi.

🤝 Suhbat davomida xonadon a’zolarining bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🎁 Fuqaroning o‘z mehnati orqali daromad topishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida deputat tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan pishiriqlar tayyorlashga mo‘ljallangan mini pechka taqdim etildi.

🌱 Ushbu tashabbus xonadonda uy sharoitida pishiriqlar tayyorlash va sotish orqali barqaror daromad manbaini shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

📍 Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda eng muhim yo‘l — fuqarolarga bir martalik yordam emas, balki mustaqil daromad topish imkoniyatini yaratishdir.