Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tumanning “Pskom” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining faoliyati, qabul jarayonlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda dispanser nazoratidagi bemorlar bilan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Monitoring jarayonida dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasi o‘rganilib, aholi uchun eng ko‘p talab etiladigan dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning saqlash sharoitlari, yaroqlilik muddatlari hamda zaxiralarning muntazam yangilanishi ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasasida raqamlashtirish jarayonlarining amaliy holati ham o‘rganildi. Xususan, elektron tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish, elektron tibbiy kartalarni yuritish, elektron navbat tizimi, elektron retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorlar haqidagi ma’lumotlarni raqamli bazada yuritish holati ko‘rib chiqildi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va raqamli tizimlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5