Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_qonun
#Biriktirilgan tashkilot

Bandixon tumanida ijtimoiy himoya masalalari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Abdimo‘minovga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E. Eshonqulov tomonidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy himoya va imtiyozlarning amaldagi holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

📌 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida tayinlanishi;
📌 Reabilitatsiya texnik vositalari (nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari va boshqa zarur vositalar) bilan ta’minlanish darajasi;
📌 Markazda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda xodimlarning xizmat ko‘rsatish madaniyati va muomala etikasi.

Nazorat-tahlil yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 2